Market leaders use app to nrich their brand & business.

What kind of help do you need today?

Need Help support

Need Email support

Bizning Maqsadimiz

Auroraning bosh maqsadi O’zbekiston hududida raqamli dunyoni yangi avlod ishbilarmonlarini, shuningdek, ulkan orzularga ega bo’lgan ishtiyoqmand bilimdonlarni yetishtirib chiqarish orqali yangi bosqichga olib chiqishni o’z ichiga oladi.

Lorem Haqida

Kechagi kun ro'yosi - bugunning haqiqati!

1
17 Iyun 2019 y.

17 Iyun 2019 y.

Marketolog-mutaxassis, Dior Hasanov, milliy brendlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda zamonaviy, shu bilan birgalikda, kam xarj bo’lgan reklamasidagi ulkan salohiyatni ko’ra bildi.

2
20 Sentabr 2019 y.

20 Sentabr 2019 y.

Ijtimoiy tarmoq ishtiyoqmandlaridan tarkib topgan jamoa tuzildi. Lorem platformasi hududiy mezonlarga moslashtirildi.

3
20 Noyabr 2019 y.

20 Noyabr 2019 y.

Lorem o’z faoliyatini boshlashga tayyor holatga keltirildi. O’zbekistondagi ilk ijtimoiy tarmoqlarni avtomatlashtirish platformasini yaratish ishlari yakunlandi.

Buyuklik Kutib Turmaydi

Vaqt eng qadirli manbaa ekani barchamizga ma’lum. Shu sababdan, biz uni jamiyatga o’zimizdan manfaat keltirish yo’lida oqilona sarflashga intilamiz. 

Markaziy Osiyodan boshlagan holda butun yer yuzi bo’ylab kengayish bizning kelayotgan 2020-yil uchun qo’yilgan oliy maqsadimizdir. Diyor ta’kidlaganidek, raqamli asrning zamonaviy qulayliklari sharofati bilan jamoamizning minglab soatlik izlanishlari sizning minglab soat vaqtingizni tejashingiz uchun xizmat qiladi.

Aurora

CEO

Dior

Xoh bema’ni va kulgili ijtimoiy tarmoqlar yoki jumboqli va tushunarsiz innovatsion xavfsizlik tizimlari bo’lsin, baribir raqamli dunyo a’zosi ekanimdan xursandman. Shundan kelib chiqqan holda, Lorem bir vaqtning o’zida yuqori darajada xavfsiz va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish uchun qulay qilib yaratilgan.

CDO

Sanjar

Dizayn va musiqa hayotda har doim yonimda bo’luvchi ikki hamrohimdir. Oliy dizayn zamon va ma’lum vazifalardan holi bo’lgan tushuncha, musiqa esa eng zerikarli damlarni ham biroz mazmunli bo’lishida qo’l keladigan omil deb bilaman.

CMO

Mila

Ekoparkda notanish inson bilan to’qnashib kettingizmi? Xo’sh, o’sha notanish men bo’lgan bo’lishim ehtimoli katta! Tonggi badantarbiya va raqamli marketingning qo’shilmasidan tarkib topgan ajoyib hayot tarzi menga taaluqli.

CPO

Rahmatulloh

Mahsulotni yaratish, yo’naltirish va boshqarishdan zavq ola bilish xislati menga tegishli. 3D modellashtirish esa intilishlarim va qiziqishlarimni yana kuchaytishda yordam beradi.

CTO

Husan

Eng taniqli dasturchi emasdurman, ammo har bir tizimni bir maromda ishlashini ta’minlab bera olaman. Bo’sh vaqtimni nimalarga sarflayman deysizmi? Ba’zilarga tushunarsiz bo’lishi mumkin, lekin ba’zida video o’yinlar o’ynab do’stlarim bilan vaqt o’tqazishni yoqtiraman.